Farmonga koʻra, pensiya va gʻaznachilik faoliyatiga zamonaviy xizmatlarni joriy etishning asosiy yoʻnalish va maqsadlari etib quyidagilar belgilandi.
Jumladan:
gʻaznachilik va pensiya taʼminoti tizimlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish orqali hududlarda ixcham xizmat koʻrsatish ofislarini tashkil etish;
fuqarolarga koʻrsatiladigan xizmatlarni toʻliq elektron va proaktiv shaklga oʻtkazishga erishish.
Farmonga koʻra, 2026-yil 1-iyuldan gʻaznachilik tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish hisobiga Raqamli gʻazna tizimi joriy etiladi.
2026-yil 1-dekabrdan pensiya tizimida quyidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali:
fuqarolarning mavjud ish staji va ish haqlari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlarga asosan pensiya miqdorlarini oldindan aniqlash boʻyicha “Mening pensiyam” onlayn xizmati joriy etiladi;
pensiya taʼminotiga oid barcha xizmatlar toʻliq proaktiv, elektron hamda interaktiv shaklga oʻtkaziladi.









