Pensiya yoshini oshirish boʻyicha hech qanday yakuniy qaror qabul qilinmagan — Pensiya jamgʻarmasi

    Ijtimoiy hayot 26 Iyun 2025 1450

    Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonda pensiya yoshi oshirilishi haqida xabarlar tarqalib jamoatchilik muhokamalariga sabab boʻldi. Xabarlar yuzasidan Pensiya jamgʻarmasi maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, bugungi kunda Oʻzbekistonda pensiya yoshini oshirish boʻyicha hech qanday yakuniy qaror qabul qilinmagan.

    Pensiya islohotini oʻtkazish boʻyicha xalqaro ekspertlar tomonidan berilgan takliflar hozirda Oʻzbekiston sharoitiga mosligi, aholining turmush darajasiga taʼsiri va iqtisodiy oqibatlari tahlil qilinmoqda, — deyiladi munosabatda.

    Shuningdek, jamgʻarma pensiya tizimiga kiritiladigan har qanday oʻzgartirishlar, jumladan, pensiya yoshiga oid masalalar ham, albatta, keng jamoatchilik muhokamasidan soʻng, xalqning fikri va manfaatlarini inobatga olingan holda bosqichma-bosqich amalga oshirilishini maʼlum qildi.