баннер
19 Mar 2025
09:11

    Pensiyaning tayanch miqdori nima va u qanday aniqlanadi?

    Pensiya miqdori yuqori boʻlishiga mehnat stajining davomiyligi, ish haqining yuqoriligi hamda pensiyaga qoʻshiladigan ustamalar taʼsir koʻrsatadi.

    Pensiyaning tayanch miqdori – bu bazaviy miqdor boʻlib, yoshga doir va nogironlik pensiyalari uchun pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 55 foizi, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin rasmiy belgilangan yoshga doir eng kam pensiyaning miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda aniqlanadi.

    Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqi qanday hisoblanadi?

    Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqi ketma-ket ishlangan oltmish kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.

    Bunda pensiya soʻrab murojaat etgan kishining xohishiga koʻra, ishga qabul qilish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish munosabati bilan ish kunlari soni toʻliq boʻlmagan oylar toʻliq ishlangan kalendar oylar sifatida hisobga olinadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech