Xegsetning so'zlariga ko'ra, AQSh “taklif orqali” kanal yaqinida harbiy bazalarini yoki Dengiz havo kuchlari aviabazalarini tiklashi va qo'shinlarini joylashtirishi mumkin.
Biroq Panama mudofaa vaziri Frank Abrego bu taklifni qat'iyan rad etdi.
“Panama Prezident (Xose Raul) Mulino orqali biz hech qanday harbiy bazalar yoki mudofaa inshootlarini qabul qila olmasligimizni aniq aytdi”, dedi Abrego Pentagon rahbari bilan qo'shma matbuot anjumanida.
Bundan oldin Xegset AQShning Panamadagi Xitoy ta'siriga nisbatan qattiq pozitsiyasini ta'kidlagan edi, deb xabar beradi korrespondent.net.
“Biz Xitoy bilan urush qilishni xohlamaymiz, dedi u. Ammo biz birgalikda bu yarim sharda Xitoy tahdidlariga qat'iy qarshi turish orqali urushning oldini olishimiz kerak”.
Jurnalistning AQSh Panamaning kanal ustidan suverenitetini tan oladimi yoki yo'qmi degan savoliga Xegset shunday javob berdi: “Panama kanali Panamada joylashgan va Panama suverenitetini zararli ta'sirlardan himoya qilish muhim”.