Pentagon rahbari: Isroil hujumga uchrasa, AQSh uni himoya qiladi

    Isroilga hujum qilinsa, AQSh uni himoya qilishga yordam beradi. Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin aytib o'tdi, deb xabar beradi The Times of Israel nashri.

    Ostinning qo'shimcha qilishicha, AQSh Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya o'limidan so'ng keskinlikni kamaytirish ustida ishlamoqda, deb xabar beradi lenta.ru.

    “Biz bu to'laqonli mushtlashuvga aylanib ketishi ehtimolidan xavotirdamiz. Va men jang muqarrar deb o'ylamayman”, dedi u.