Bu haqda payshanba kuni AQSh Mudofaa vazirligi ma'lum qildi, deb xabar berdi report.az.
“Bugun Venesuelaning ikkita harbiy samolyoti xalqaro suvlarda AQSh Harbiy-dengiz kuchlari kemasi yaqinida uchib o'tdi. Bu o'ta provokatsion harakat bizning giyohvandlikka qarshi operatsiyalarimizga xalaqit berish uchun qilingan”, deyiladi boshqarma bayonotida.
“Venesuela karteliga AQSh harbiylarining giyohvand moddalarga qarshi kurashish va terrorizmga qarshi operatsiyalariga to'sqinlik qilmaslik, to'xtatib turish yoki aralashishga urinmaslik qat'iy tavsiya etiladi”, deyiladi hujjatda.









