баннер
25 Mar 2025
16:01

    Pentagon xodimlarini yolg'on detektori yordamida tekshiruvdan o'tkazishni boshladi – Bloomberg

    Agentlikning qayd etishicha, bu chora AQSH harbiylarining Xitoy bilan urush ehtimoliga oid rejalarni Ilon Maskga oshkor qilishi haqidagi ma'lumot tarqalganidan so'ng qabul qilingan.

    Pentagon rahbariyati tekshiruv o'tkazishga va Ilon Maskning Pentagonga tashrifi haqidagi ma'lumotlarni tarqatganlarni jinoiy javobgarlikka tortishga qaror qilgan.

    Avvalroq The New York Times gazetasi harbiylar Mask uchun "o'ta maxfiy brifing" o'tkazishni rejalashtirayotganini, unda Qo'shma SHtatlar va Xitoy o'rtasida mumkin bo'lgan urush rejalarini muhokama qilinishini habar bergan edi.

    AQSH prezidenti Donald Tramp ommaviy axborot vositalarida tarqalgan bu xabarlarni "bema'nilik" deb atadi. 21 mart kuni jurnalistlar bilan suhbatda Tramp Ilon Mask Tesla kompaniyasiga rahbarlik qilayotgani sababli, manfaatlar to'qnashuvi yuzaga kelishi mumkinligini tan oldi va unga bunday ma'lumotlarga kirish huquqini hech qachon bermasligini aytdi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech