“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Nyukasl”ga (4:0) qarshi bahsda jamoadagi ilk toʻliq oʻyinini oʻtkazgan oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov haqida gapirdi.
«Husanov kelajakda buyuk futbolchiga aylanishi mumkin. Bu — uning uchun, biz uchun ham juda yaxshi holat. Uning potensiali koʻrinib turibdi.
Husanov birga-bir vaziyatlarda agressiv oʻynaydi, toʻp bilan yaxshi muomala qiladi va juda yuqori tezlikka ega. U qaror qabul qilish koʻnikmasini rivojlantirishi kerak. Bunisi — endi yosh bilan bogʻliq masala.
U maydon tashqarisida tortinchoq, koʻp gapirmaydi. Ammo, albatta, kelajakda jamoaga koʻp yordam bera oladi», — deydi mutaxassis matbuot anjumanida.