Huquq organlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda:
— fuqaro A.U. fuqaro J.R.ni tanishlari yordamida 8 ming dollar evaziga Chimkent davlat universitetida oʻqiyotgani haqida hujjat tayyorlab, oʻqishini Toshkent tibbiyot akademiyasiga koʻchirtirib berish uchun oldindan 4 ming dollar olgan vaqtida;
— fuqaro O.X. fuqarolar G.R. va A.A.ning Tojikiston universitetidagi oʻqishini Chirchiq davlat pedagogika institutiga koʻchirtirib berish evaziga 6 ming dollar olganda;
— fuqaro D.A. fuqaro M.A.ni Andijon davlat universitetiga 2-bosqichdan oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida dalillar bilan ushlangan.
Bu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi — firibgarlik va 28, 211-moddasi — pora berish bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov boshlangan.