Sog'liqni saqlash boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, hodisa vaqtida liftda 14 kishi: 12 bemor, lift operatori va hamshira bo'lgan. Hodisa oqibatida 3 kishi jarohatlangan.
Shahar favqulodda vaziyatlar xizmatining aniqlik kiritishicha, liftning favqulodda to'xtashi sodir bo'lgan. Lift uzilib tushmagan, ishga tushgan himoya tizimi natijasida to'xtash joyiga borib “qo'ngan”. Kasalxona ma'muriyati lift barcha zarur tekshiruvlardan o'tganiga va unga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha shartnoma amalda ekanligiga ishontirdi. Perm o'lkasi sog'liqni saqlash boshqarmasi o'z tekshiruvini o'tkazishga va'da berdi. Lift yo'lovchilari tibbiyot muassasasi xodimlari tomonidan evakuatsiya qilingan. Barcha jabrlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatildi, deb xabar beradi mir24.tv.