Peru qirg'oqlarida 7,0 magnitudali zilzila sodir bo'ldi

    Peru qirg'oqlarida 7,0 magnitudali zilzila qayd etildi va tsunami xavfi e'lon qilindi.

    Bu haqda Yevropa-O'rtayer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.

    Zilzila o'chog'i taxminan 246 ming aholiga ega Ika shahridan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Manba 56 kilometr chuqurlikda bo'lgan.

    Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumotlar yo'q, deb xabar beradi tass.ru.