Peruda avtobus jarlikka tushib ketdi, oqibatida 23 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Peruda shaharlararo qatnovchi avtobusning jarlikka qulab tushishi oqibatida 23 kishi halok bo'ldi.

    Avtobus Lukum tumanida jarlikka tushib ketgan.

    Shuningdek, avtohalokatda to'qqiz kishi jabrlangani aytilmoqda. Ularning barchasi shifoxonaga yotqizilgan, deb xabar beradi report.az.