Ular talon-taroj va vayronagarchilik xavfi tufayli La Otra Banda, Cerro Las Animas hududida olib borilgan qazishmalar paytida topildi. U yerda katta ibodatxonaga tegishli, loydan yasalgan qadimiy devorlar topildi.
Mazkur joyda sahnaga o'xshash maydonga olib boradigan zinapoyalarga ega kichik teatr mavjud bo'lgan.
Arxeologlar ibodatxona devorlarida bir nechta yirik freskalarni ham topishdi. Tadqiqotchilar laboratoriyada freskalardagi bo'yoqlarni o'rganishni va ibodatxonaning yoshini tasdiqlash uchun radiokarbon tahlil uchun namunalar yuborishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi lenta.ru.