Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Anvar Hamroyev 2020-yildan buyon Buxoro viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
U mehnat faoliyati davomida Buxoro tumani bandlikka koʻmaklashish markazi direktori, Kogon tumani hokimining birinchi oʻrinbosari hamda viloyat hokimligi boshqaruv apparati kotibiyati mudiri lavozimlarida ishlagan.
Avvalroq Hayyot Davlatov Buxoro viloyati hokimining oʻrinbosari lavozimiga tayinlangani munosabati bilan Peshku tumani hokimi lavozimidan ozod etilgandi.