Sankt-Peterburg shahridagi Blokada (qamal) muzeyida Oʻzbekistonning Leningrad mudofaasiga qoʻshgan hissasi namoyish etiladi

    Madaniyat 15 Sentabr 2024 584

    Joriy yil 17-sentyabrda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Leningrad mudofaasi va blokadasi davlat memorial muzeyida “Leningradni ozod qilishda Oʻzbekiston hissasi” nomli maxsus koʻrgazma ochiladi.

    Muzeyga tashrif buyurganlar taqdim etiladigan ekspozitsiyalarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” Milliy agentligida saqlanayotgan 100dan ortiq kamyob hujjatlar bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu hujjatlar Oʻzbekistonni urush yillaridagi Leningrad bilan bogʻlab turuvchi turli tarixiy voqealar haqida guvohlik beradi, deb xabar beradi Sankt-Peterburg Tashqi aloqalari qoʻmitasi matbuot xizmati.

    “Koʻrgazmada “Leningrad himoyasida oʻzbekistonliklar”, “Evakuatsiya qilingan leningradliklar Oʻzbekistonda”, “Oʻzbekiston mehnatkashlari delegatsiyasi Leningrad frontida”, “Oʻzbek xalqining urush yillarida namoyon boʻlgan mehribonligi va bagʻrikengligi” kabi yuzdan oshiq hujjatlar joylanadi”, — deb hikoya qilinadi matbuot xizmatida.

    Shuningdek, aksiya doirasida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi kinoarxivi Shuhrat Abbosovning 1962-yilda suratga olingan “Sen yetim emassan” va Damir Salimov tomonidan 1980-yilda suratga olingan “Leningradliklar mening bolalarim” nomli badiiy filmlarini namoyish etadi. Filmlar 17-18-sentyabr kunlari kechqurun namoyish etiladi. Shuningdek, 18-sentyabrda Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasi bitiruvchilari “Ular Leningrad uchun jang qilganlar” nomli adabiy-musiqiy kompozitsiyani taqdim etadi, deb xabar beradi tass.ru.

    Shuningdek, xabar orqali 2024-yil 8-sentyabrda Ulugʻ Vatan urushi davomida Leningrad blokadasining boshlanganiga 83-yil toʻlganligi eslatiladi.