Bunga asosiy sabab haydovchilarning kasallanishi emas, balki ularning koʻpchiligining pandemiya tufayli oʻz vataniga ketib qolishida ekan. Gap shundaki, aksariyat haydovchilar MDH mamlakatlaridan kelib ishlar ekan.
“Tretiy park” AJ marketing boʻlimi boshligʻi Denis Danilov “Nevskiye novosti” bilan suhbatida avtobus haydovchisi — bu unchalik ham talabgor kasb emasligi, hatto bir oz mehnat talab qiladigan kasb ekanligi haqida soʻzlab bergan. Uning fikricha, shuning uchun bu kasbga koʻpchilik ham oshiqavermaydi ekan. Va bu har doim shunday boʻlganligini ham taʼkidlagan.
Hozirgi paytda ish beruvchilar ish haqini koʻtarish va qoʻshimcha sharoitlar yaratish yoʻli bilan haydovchilarni jalb qilishga kirishgan, deb xabar beradi Nevskiye novosti axborot manbasi.