Peterburgda killer oʻzbekistonlik haydovchiga oʻq uzdi

    Tashvishli xabar 20 Fevral 2024 1735

    Gimnaziya yonida killer Peterburglik advokatning haydovchisiga oʻq uzdi.

    Haydovchi oʻquv muassasasiga advokatning bolalarini olib kelgan edi.

    Vыbogrskoye shossedagi 622-sonli gimnaziya yonida erkak kishiga killer oʻq uzdi. Maʼlum boʻlishicha u peterburglik advokatning haydovchisi boʻlib ishlar ekan.

    Bolalarni gimnaziyaga 41 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi Rustambek A. Qora rangli Toyota Camry avtomashinasida olib keldi. Keyin peterburglik advokat haydovchisi bolalarni oʻquv muassasasiga kuzatib qoʻyish uchun mashinadan tushdi. Haydovchi avtomobilga qaytib kelayotganida killer Makarov toʻpponchasidan uning kallasining orqa tomoniga otdi. Bizdagi dastlabki maʼlumotlarga koʻra killer adashgan: uning maqsadi haydovchini otish emas edi.

    Hozirgi paytda shu narsa maʼlumki, jabrlangan shaxs nafas olyapti, lekin hushini yoʻqotgan. Bolalar esa jabrlanmagan. Gimnaziyada darslar odatdagidek davom etyapti. Hodisa joyida tezkor xizmat ish olib boryapti, deb xabar beradi 78.ru.

    Erkakni otgan killer qidiruvda. Politsiya hodisa joyida Makarov toʻpponchasiga tegishli bir dona 9 millimetrli gilzani topishga muvaffaq boʻldi.

    78.ru guvohlar bilan suhbatlashdi. Qaysi tomondan otilganini ayol koʻrmagan. Uning soʻzlariga koʻra,bir erkak kishi bir kichkina qizcha bilan mashinaga oʻtirgan.

    — Men u odam (killer, tahririyat izohi) qochdi, lekin men uni aniq anglay olmadim, chunki yiqilgan odamga qarab qolgandim, — deb tushuntirdi guvoh ayol.

    Aval politsiyachilar yetib keldi, keyin esa tez yordam. Tibbiyot xodimlarining soʻzlariga koʻra, yaralangan erkak komada ekan.