Katta Ilinsk bogʻi, Kichik Ilinsk bogʻi, Gromov koʻchasidagi skverda ham daraxtlar qulagan.
Kondratyevsk prospektida avtokran ishchi ustiga qulab tushgan, deb xabar beradi «Rossiyskaya gazeta». Jabrlangan kishi moʻjiza tufayli tirik qolgan. Uni ekskavator yordamida sugʻurib olishga toʻgʻri kelgan.
Ertalab meteorologlar Neva daryosida suv sathi belgilangan meʼyordan baland koʻtarilishi xavfidan ogohlantirgan. Shuning uchun shahardagi dambalarni yopib qoʻygan.