Ma'lum qilinishicha, 2023-yil 3-fevral kuni soat 21.57 da Qarag'anda viloyatining Arshali-Anar uchastkasida 105/106-sonli Petropavlovsk-Olmaota poyezdining oxirida joylashgan texnik vagonda yong'in kelib chiqqanligi sababli qatnov to'xtatilgan.
Qayd etilishicha, poezdda 235 nafar yo'lovchi bo'lgan, qurbonlar va jarohatlanganlar yo'q. Yong'in o'chirildi.
“Yo'lovchilarni Olmaota vokzaliga jo'natish uchun Ostonadan yetti kupe va bitta plaskart o'rindiqli vagondan iborat bir martalik poyezd jo'natildi. “NK “KTJ” AJning maxsus tuzilgan komissiyasi hodisa sabablarini o'rganishga kirishdi”, deyiladi xabarda.