Gazetada qayd etilishicha, bemorga yordam berilgan, endi uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Biroq emlash joyi va vaqti ko'rsatilmagan. “Vaktsinalar yon ta'sirga va allergik reaktsiyalarga ega, ammo bunday holat kamdan-kam uchraydi”, dedi N`yu-York Sog'liqni saqlash va ruhiy gigiena departamenti xodimlari. Hozirgi kunda AQSH Milliy Allergiya va YUqumli kasalliklar instituti Pfizer va BioNTech tomonidan ishlab chiqarilgan emlash tufayli ro'y berayotgan allergiyalar sabablarini o'rganmoqda.
Avval xabar qilinganidek, AQSHning Alyaska shtatidagi ikki nafar sog'liqni saqlash xodimi BioNTech va Pfizer vaktsinasining birinchi dozasini olgandan so'ng yordamga muhtoj edilar. Ulardan biri kasalxonaga murojaat qilgan. Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko'ra, uning vaktsinaga bo'lgan munosabati ilgari Buyuk Britaniyada emlanganidan so'ng ikki tibbiyot xodimida ko'rsatilganidek bo'lgan.