PIIMA va Cambridge Assesment International Education ikki tomonlama hamkorlikni davom ettiradi

    PIIMA va Cambridge Assesment International Education 2020-2021 va 2021-2022 oʻquv yillaridagi oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma imzoladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) Prezident maktablarida taʼlim tizimini takomillashtirishda Cambridge Assesment International Education (Buyuk Britaniya) tashkiloti bilan hamkorlik qilishni davom etadi.

    PIIMA va Cambridge Assesment International Education 2020-2021 va 2021-2022 oʻquv yillaridagi oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma imzoladi.

    Imzolangan shartnoma doirasida Cambridge Assesment International Education Prezident maktablariga iqtidorli bolalarni tanlashda va Prezident maktablariga qabul jarayonini xolisligini taʼminlashda ishtirok etadi.

    Oʻqituvchilar oʻquv muassasalarida taʼlim sifatini taʼminlashda muhim oʻrin tutadi. Ikki tomon hamkorlik doirasida Prezident maktablarining mahalliy va xorijlik oʻqituvchilarining malakasini oshirishga qaratilgan treninglarni tashkil etish rejalashtirilgan.

    Shu bilan birga Cambridge Assesment International Education Prezident maktablarini takomillashtirish va maktab boshqaruvini rivojlantirish boʻyicha xizmatlarni ham koʻrsatishi nazarda tutilgan.

    Eslatib oʻtamiz, Cambridge Assesment International Education tashkiloti bilan Prezident maktablarini tashkil etish va oʻquv jarayonini shaklantirish boʻyicha 2019-yildan beri hamkorlik qilib kelinmoqda.

    2019-yilda Cambridge Assesment International Education tashkiloti vakillari Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablariga qabul imtihonlarini tashkil etish va xolisligini nazorat qilishda koʻmak berdi.

    Buyuk Britaniya tashkiloti 2019-yilning avgust oyida Prezident maktablari oʻqituvchilari uchun taʼlim jarayoni va taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha seminarlar oʻtkazdi.