Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Rossiyaning Qurilish vazirligi kelishuviga asosan qurilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga jalb qilish boʻyicha “Pilot” loyiha doirasida 10 ming mehnat migranti yaqin vaqt davomida soddalashtirilgan tartib asosida Oʻzbekistondan Rossiyaga jalb qilish belgilangan.

Bugun, 19-oktyabr kuni Buxoro viloyat hokimligi, Bandlik bosh boshqarmasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Buxoro viloyat filiali hamkorligida Rossiyaning AO “PIK Industriya” korxonasi vakili tomonidan, Buxoro shahridagi “Ishga marhamat“ Monomarkazi va “Buxoro Arxitektura va qurilish kolleji”da xorijda ketish istagida boʻlgan fuqarolar ishtirokida tanlov tadbirlari tashkil etildi.

Bugungi tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtib, tibbiy koʻrik natijalari ijobiy chiqqan fuqarolar Rossiya Federatsiyasiga joʻnatiladi.