Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.
Unga koʻra, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik, tayyorlaganlik, saqlaganlik, tashiganlik, joʻnatganlik va Oʻzbekistondan olib chiqqanlik, shuningdek pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda oʻtkazganlik yoki Oʻzbekistonga olib kirganlik uchun mazkur huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasidan kelib chiqqan holda javobgarlik choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.