Pirotexnika vositalari “mavsumi” boshlandi

    Avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan jami 14 390 quti “Treniya” nomli 89,1 mln soʻmlik pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tuman boʻlimi tomonidan DXX, IIB va DSI xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Namangan muntazam” YPX nazorat maskanida muqaddam sudlangan I.S. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi koʻzdan kechirilganda, fuqaro I.S. avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan jami 14 390 quti “Treniya” nomli 89,1 mln soʻmlik pirotexnika vositalarini Samarqand shahriga oʻtkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.