Shuningdek, kodlashtirish jarayonining maqsadi va vazifalari, treningni olib borishdagi yondashuvlar, baholash jarayonining ishonchliligini monitoring qilish masalalari bo‘yicha taqdimot qilindi.
Milliy markazda Trening jarayoni matematik savodxonlik, o‘qish savodxonligi, tabiiy-ilmiy savodxonlik hamda kreativ fikrlash yo‘nalishlari bo‘yicha alohida sessiyalarda joriy yilning 17 iyuniga qadar davom ettirilishi rejalashtirilgan.
Yopiq turdagi treningda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan ekspertlar jamoasi tomonidan kodlashtirish ishlari olib borilishi nazarda tutilgan.









