Mavsumda qariyb 2 ming 570 quti ipak qurtini zarur agrotexnika qoidalari asosida parvarishlab, kutilgan natijaga erishildi. 146,1 tonna pilla topshirib, “JINJUZ SILK CO” MCHJ bilan tuzilgan yillik pilla yetishtirish rejasi 100,7 foizga uddalandi.
Zahmatkash pillakorlarning mehnat zafarida “Rahmatjonova Sarvinoz”, “Ibodullayev Xaydarali”, “Otaqo'ziyev Nurali” fermer xo'jaliklari pillakorlarining hissasi salmoqli bo'ldi.
Mavsumda birinchi bo'lib baraka hosilini topshirgan Suyunboy Abdurahmonov, Nabi Oqqulov, Dilbar Normatova singari kasanachilar erishgan yuksak natija boshqalarga namuna bo'ldi.