Piyoda yurish tafakkurga undaydi. Sokinlik bilan, mushohada qilib piyoda yurish kishini koʻp narsalar haqida yaxshilab oʻylab olishga, hayotiy muammolarda eng toʻgʻri yoʻlni topishga undaydi.
Ochiq havoda piyoda yurish kayfiyatni koʻtarishi, tushkunlikni yengishda yordam berishi isbotlangan. Shuningdek, yurish jarayoni kreativ gʻoyalar tugʻilishiga ham turtki beradi.
Yurish va yugurish nafas olish aʼzolari faoliyatiga ijobiy taʼsir qiladi. Bu esa oʻz navbatida allergenlarga chidamlilikni oshiradi.
Umrni uzaytiradi. Har kuni bir yoki undan ortiq kilometr masofani piyoda bosib oʻtishga odatlanganlar bunday mashgʻulotni xush koʻrmaydiganlarga nisbatan 7 yilgacha koʻproq umr koʻrganlari maʼlum boʻlgan.
Muntazam piyoda yurish aqliy tetiklik bilan birga jismoniy charchoqqa olib keladi. Bu esa oʻz navbatida asabni tinchlantirib, tiniqib uxlashga zamin yaratadi.
Suyaklarni mustahkamlaydi. Koʻpchilik uchun piyoda yurish suyaklarni mustahkamlashdek muhim yutuqni keltiradi.