Holat yuzasidan Toshshahartransxizmat AJ matbuot xizmati izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, “2-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 136-sonli avtobus haydovchisi A.N. Olmazor tumani Saqichmon koʻchasi boʻylab harakatlanayotgan vaqtda yoʻl harakati qoidalari talablarini qoʻpol ravishda buzgan.
Haydovchi tartibga solingan piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan piyodalarga yoʻl bermay, yoʻl qatnov qismining oʻng tomonidan harakatlangan.
Hozirda haydovchi A.N. bilan “2-avtobus saroyi” filiali oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
“Shuningdek, barcha haydovchilar bilan yoʻlovchilarni xavfsiz tashish va ularni oʻz manzillariga sogʻ-omon yetkazib qoʻyish eng oliy maqsadimiz ekanligi, yoʻlovchilar bilan xushmuomalada boʻlishlik, xizmat koʻrsatish madaniyatini oshirish yuzasidan yana bir bor tushuntirish ishlari olib borilib, haydovchilar ustidan nazorat kuchaytirildi”, deyiladi xabarda.