Plastik kartalardan noqonuniy pul echish holati bo'yicha so'rovlar ko'paygan

    AOKAda O'zbekiston Banklari assotsiatsiyasi axborot xizmati rahbari Hadiya Abdullaeva ishtirokida o'tkazilgan brifingda 2021 yil davomida kelib tushgan murojaatlar bo'yicha ma'lumot berildi.

    Qayd etilishicha, 2021 yilda Assotsiatsiyaning ishonch telefoniga 994 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning barchasi tegishli tartibda ko'rib chiqilgan. Ularning 283 tasi bo'yicha tushuntirish berilgan bo'lsa, 711 ta murojaat o'rganilib tahlil etilgan.

    Tahlillarga ko'ra, murojaatlarning aksariyati:

    plastik kartalar bilan bog'liq holatlar;

    kredit olish bo'yicha muammolar;

    nafaqa olish bilan bog'liq masalalar;

    bankomatlardan to'lov operatsiyalari va pul o'tkazmalari bo'yicha murojaatlar

    va shunga o'xshash boshqa masalalar bilan bog'liqdir.

    Yuqorida ta'kidlanganidek, plastik kartalardan noqonuniy pul echish holati bo'yicha so'rovlar yil davomida ko'p berilgan. Misol uchun, Toshkent viloyati YAngiyo'l tumanidan kelgan murojaatga to'xtalsak:“Mening pensiya plastik kartamdan noma'lum odamlar pul echib olishdi. Boshida menga telefon qilib, sizga yutuq sifatida pul yuboryapmiz, plastik karta raqamingizni bering deyishdi. Keyin esa telefonimga SMS keldi, ular o'sha kodni bering deyishdi. Men tushunmaganim, bu borada ma'lumotga ega bo'lmaganim uchun ularni aytganini qildim. Afsuski, pul tushmadi, aksincha hisobimdan pul echib olindi”.

    Ushbu masala bo'yicha murojaatchiga tushuntirish berildi. Palastik karta berilgan bank hamda O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi birgalikda ish olib bordi. Natijada huquqni himoya qiluvchi organlar aralashuvi bilan murojaat ijobiy xal etildi.

    Hurmatli yurtdoshlar, pul o'tkazmalari amalga oshirilganda telefoningizga keladigan maxsus kod zarur emas. YA'ni, u maxfiy sanalib, uni hech kimga berish kerak emas. SHuni yodda saqlangki, bank xodimlari ham hech qachon ushbu kodni so'ramaydilar.

    Yana eng ko'p murojaatlarni tashkil etgan kredit olish bo'yicha savollarga e'tibor bersak. Ulardan biri: “Men ta'lim kreditini olish uchun bankka 2021 sentyabr` oyida murojaat etgandim. Keyin etarli xujjatlarni yeg'ib ikkinchi marta murojaat etdim. Mana bugun 29 noyabr` men xali ham kredit olish so'rovim qondirilmadi. Nimaga bunday bo'lganiga esa tushunmadim?”

    Mazkur murojaat ko'rib chiqildi, kerakli choralar ko'rildi, Assotsiatsiya tomonidan u murojaat etgan tijorat bankning bilan gaplashildi. Olib borilgan ishlar natijasida esa kredit oluvchining talabi 2021 yil 16-dekabrda qondirildi.

    Bu kabi misollar ko'p. O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi xalqimiz orasida bunday holatlarni kamaytirish uchun qator tushuntirishlar olib bormoqda. Bank-moliya tizimiga oid savollarni Assotsiatsiyaning 71 238 69 01 ishonch telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkin.