AQSHning Indiana shtati Richmond shahridagi plastik saqlanadigan va qayta ishlanadigan zavodda kuchli yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Fox 59 xabar tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, Ueyn okrugi favqulodda vaziyatlar agentligi zavodga bir kilomergacha boʻlgan masofada yashovchi 2 ming kishini xavfsiz joylarga koʻchirish boʻyicha boʻyruq berdi.
Oʻt oʻchiruvchilar zavod hududidagi propan saqlanadigan katta bochka portlab ketishidan xavotirda. Agar olov shu bochkagacha yetib borsa, oqibati yomon boʻladi. Soʻnggi xabarlarga qaraganda, hozircha jabrlanganlar yoʻq.