Hodisa shaharning Shelkovo shahar okrugida sodir bo'lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, dushanba kuni ertalab xususiy kompaniya haydovchisi Shelkovo shahridan 30 nafar maktab o'quvchisi va yetti nafar hamrohlik qiluvchi shaxsni Dushonovo qishlog'idagi gimnaziyaga olib ketayotgan edi.
“Haydovchi avtobusni boshqarayotgan paytda o'zini yomon his qilgan va boshqaruvni yo'qotib qo'ygan, natijada avtobus qiyalikka ag'darilib ketgan”, — deb xabar berdi viloyat prokuraturasi o'zining telegram-sahifasida.
Voqea joyidan olingan videoda avtobus yo'l chetidagi butalar orasida yon tomonga ag'darilganini ko'rish mumkin.
Hodisa tufayli bolalar jabrlanmadi, deyiladi prokuratura xabarida. Haydovchi va uning hamrohlaridan biri tibbiy yordamga muhtoj. Voqea sabablari aniqlanmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.









