Temir yoʻl kesishmasida sodir boʻlgan YTH yuzasidan axborot berildi.
Taʼkidlanishicha, shu yilning 18-oktyabr kuni Surxondaryo viloyati Shoʻrchi – Xayrobod uchastkasidagi qoʻriqlanmagan (yoʻl belgilari va signalizatsiyasi oʻrnatilgan) temir yoʻl kesishmasida shaharlararo poyezd Spark rusumli yengil avtomobil bilan toʻqnashib ketdi.
Mazkur holat avtomashina haydovchisi tomonidan “Temir yoʻl kesishmalari orqali harakatlanish” qoidasini qoʻpol ravishda buzgani sabab boʻlgan.
Toʻqnashuv natijasida teplovoz biroz shikastlangan, biroq poyezd yoʻlovchilari jabrlanmagan.
Spark avtomashinasining haydovchisi shifoxonaga yetkazilgan va koʻrsatilgan yordamga qaramay vafot etgan.
Hozirgi vaqtda huquq-tartibot idoralari tomonidan esa voqea hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.









