Poyezd ustida suratga tushmoqchi boʻlgan bolalarni tok urdi

    Toshkentdagi temiryoʻlda “selfi”ga tushmoqchi boʻlgan 2 nafar bolani tok urdi. Mazkur holat Yunusobod tumanidagi “Jome” bozori yaqinidagi “Chuqursoy” temiryoʻl stansiyasida roʻy berdi.

    Bu haqda "Millar" dasturi xabar qildi.

    Maʼlumotlarga koʻra, Bola yerdan taxminan 1 metr balandlikka koʻtarilganida katta kuchlanishdagi tok sabab portlash sodir boʻlgan. Alangadan kuygan bola vagon chetidagi zinaga osilib qolgan.

    Ikki bolalaga ham birinchi yordam koʻrsatilib, respublika shoshilinch tibbiy yordam boʻlimiga olib kelingan.