Poyezdlar harakat jadvalidan kechikib harakatlanishi mumkin

    “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ issiq havo sabab Oʻzbekistondagi poyezdlar tezligi pasaytirilishini maʼlum qildi.

    Harorat koʻtarilishi natijasida yer usti temir yoʻllarining relslari hamda ularning poʻlat qismlarida harorat juda yuqori boʻladi.

    "Yoʻlovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida, poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar oʻrnatiladi. Natijada poyezdlar harakat jadvalidan kechikib harakatlanishi mumkin», — deyiladi “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” xabarida.

    Taʼkidlanishicha, harakat tezligiga cheklovlar oʻrnatilgan poyezdlarda sovitish tizimi ishlash quvvati ham pasayishi mumkin.