Bunda Toshkent shahrining eng tirband bo'lgan 472 km avtomobil` yo'llarini aniqlanadi va ishlar quyidagi ustuvor yo'nalishlarda boshlanadi
— yo'l harakatini tashkil etish bo'yicha loyiha echimlarini ishlab chiqish va joriy qilish;
— jamoat transportiga ustuvorlik berish va tegishli infratuzilmani yaratish;
— ko'cha-yo'l tarmog'i bo'ylab reklama konstruktsiyalari va boshqa tashuvchilarni o'rnatishni tartibga solish hamda nazorat qilish;
— avtomobil` yo'llari bo'yida joylashgan mavjud savdo shoxobchalarini optimallashtirish va ular bo'yicha tartibli echimlar ishlab chiqish;
— svetofor ob'ektlari va yo'l belgilarini o'rnatish, modernizatsiya qilish va yangilash;
— yo'l harakatini tashkil etishning tasdiqlangan sxemalari asosida yo'l chiziqlarini takomillashtirish;
— bekat majmualarini yangilash va almashtirish;
— ko'cha-yo'l tarmog'ida chuqurcha va karta usulida ta'mirlash ishlarini olib borish;
— avtoturargoh maydonini rivojlantirish va tartibga solish.