Pokiston-Afg'oniston chegarasida yana to'qnashuv yuz berdi

    Pokiston armiyasi Afg'oniston bilan chegaradosh shimoli-g'arbiy Xayber-Paxtunxva viloyatidagi Kurram okrugidagi nazorat-o'tkazish punktlariga qilingan hujumga javoban o't ochdi, deb xabar bermoqda PTV mamlakat qurolli kuchlariga tayanib.

    “Jangarilar postlarida yong'in kelib chiqdi va tolibonlar ko'plab qurbonlarni qoldirib, orqaga chekindi”, deyiladi xabarda.

    Avvalgi oqshom Afg'onistonning Tolo News portali Xost viloyatining Zazay-Maydon tumani yaqinida Afg'oniston va Pokiston harbiylari o'rtasida otishma yuz bergani haqida xabar bergan edi.

    Seshanba kuni ertalab Qandahor viloyatining Shoraboq tumani yaqinida ikki davlat chegarachilari o'rtasida otishma sodir bo'ldi. Chegaradagi mojaro o'tgan hafta Afg'oniston hukumati Pokistonni Afg'oniston havo hududini buzganlikda va Afg'oniston hududiga havo hujumlari uyushtirganlikda ayblaganidan keyin boshlangandi, deb xabar berdi ria.ru.