Bayonotga ko'ra, ham oddiy, ham yadroviy kallaklar bilan jihozlanishi mumkin bo'lgan raketaning uchirilishi “aniqlik va omon qolish qobiliyatini oshirish maqsadida qo'shinlarni tayyorlash, turli texnik ko'rsatkichlar va turli quyi tizimlar samaradorligini sinovdan o'tkazish uchun” amalga oshirildi.
Ushbu muvaffaqiyat bilan olim va muhandislarni Prezident Osif Ali Zardoriy, Bosh vazir Shahboz Sharif va Birlashgan shtab boshliqlari qo'mitasi raisi, general Sahir Shamshod Mirzo tabrikladi.
May oyida Pokiston Qurolli kuchlari masofasi uzaytirilgan mahalliy Fatah-II reaktiv tizimining o'quv mashg'ulotlarini muvaffaqiyatli tarzda o'tkazdi. Tizimning boshqariladigan raketalari inertial sun'iy yo'ldoshli tizim bilan jihozlangan bo'lib, 400 kilometrgacha bo'lgan masofadagi nishonlarni yuqori aniqlik bilan urib tushirishga qodir.
OAV xabarlariga ko'ra, Fatah rekativ tizimi Pokistonning Global Industrial & Defence Solutions (GIDS) mudofaa kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. U Amerikaning HIMARS (High Mobility Artillery Rocket System) tizimining muqobili hisoblanadi. 150 kilometrgacha masofa mo'ljallangan Fatah-I birinchi marta Pokistonda 2021-yil avgust oyida sinovdan o'tkazilgan, deb xabar beradi tass.ru.