Bu haqda O‘zbekston Respublikas Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati ma'lum qildi.
Mazkur hujjat ikkala mamlakat o‘rtasida turistik almashinuvni oshirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, turizm industriyasi vakillarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotini kengaytirish, o‘zaro info-turlar tashkil etish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturdarini amalga oshirish, turizmning yangi yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Taʼkidlash joizki, so‘nggi yillarda Pokiston bilan turizm sohasdagi o‘zaro hamkorlik sezilarli darajada kengaydi. Ushbu idoralararo Bitimning imzolanishi ikki tomonlama munosabatlar rivojiga yangi turki bo‘ladi va turizm sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy negizini mustahkamlaydi.