Pokiston Bosh vaziri SHHT sammitiga keldi

    Xalqaro hamkorlik 15 Sentabr 2022 4803

    15-sentabr kuni Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Samarqand shahriga keldi.

    Uni aeroportda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

    Pokiston hukumati rahbari Hazrati Xizr majmuasiga borib, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi.