Toshkent shahri xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi.
Eslatib oʻtamiz, oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston-Pokiston strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda kengaytirish masalalari oʻrin oldi.