«Bizda boshqa variant yoʻq. Biz ham ularga xuddi shunday qadam bilan javob berishimiz kerak,« — dedi u Pokiston telekanallaridan biriga bergan intervyusida.
Jurnalistning “Urush ostonasida turibmizmi?” degan savoliga vazir: «Albatta, bunga hech qanday shubha boʻlishi mumkin emas,« deb javob berdi.
Pokistonning Geo TV telekanali mamlakat xavfsizlik idoralaridagi manbalariga tayanib, Hindistonga qarshi “Banbyan-ul-Marsus” (“Mustahkam devor”) nomli yirik harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi.
Bir muddat avval Hindiston armiyasi Islomobod yaqinidagi “Nur Xon” harbiy-hava bazasi, Panjobning Chakval tumanidagi “Murid” aviabazasi hamda “Shorkot” havo bazasini nishonga olgani haqida xabar berilgan edi.
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif mamlakatning yadroviy arsenalini nazorat qiluvchi Milliy qoʻmondonlik yigʻilishini chaqirdi. Keyinchalik operatsiya boshlangani haqidagi xabar Pokiston hukumatining X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida ham eʼlon qilindi.
Operatsiya doirasida Pokiston armiyasi Hindiston hududidagi koʻplab strategik nishonlarga zarba berishni rejalashtirgan. Xabar berilishicha, dastlabki zarbalar natijasida Hindiston va Rossiya hamkorligida ishlab chiqariladigan BrahMos gipertovushli raketalari ombori yoʻq qilingan.
Bundan tashqari, Hindiston elektr tarmogʻining 70 foizga yaqini ishlamay qolgan. ZKG Top hududidagi shtab-kvartira va Uri shahridagi taʼminot ombori ham vayron qilingan.
Shuningdek, nashr manbalari maʼlumotiga koʻra, operatsiya davomida Pokiston Hindistonning Udhampur va Pathankot aviabazalariga, armiya brigadasi shtab-kvartirasiga va yirik harbiy omborga zarba bergan.
“Pokiston qurolli kuchlari soʻnggi paytlarda yuzaga kelgan mintaqaviy taranglikdan kelib chiqib, yuqori shay holatga keltirildi va toʻliq tayyor. Soʻnggi harbiy javob faqat mudofaa edi”, – deydi Pokiston bosh vaziri oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Isʼhoq Dar.
Vazirning taʼkidlashicha, xalqaro hamjamiyat “Hindistonga oʻz xatolarining jiddiyligini anglatishda”gi rolini bajarishi kerak. U Nyu-Dehlining soʻnggi ikki kundagi harakatlarini qoralab, ularni “doimiy yolgʻonlar oqimi” deb taʼrifladi.
“Hindiston oʻz provokatsiyalarini davom ettirguncha kuta olmaymiz”, – deya qoʻshimcha qildi u.