Pokistonda avtobus halokatga uchradi, 28 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Pokistonning Belujiston viloyatida avtobusning halokatga uchrashi oqibatida kamida 28 kishi hayotdan ko'z yumdi, 20 nafarga yaqin kishi jarohat oldi.

    Hodisa chorshanba kuni ertalab Vashuk okrugida sodir bo'lgan. Avtobus Gvadara – Kvetta yo'nalishida harakatlanayotgan edi. Dastlabki versiyaga ko'ra, avtobus shinasi yorilib ketgan, shundan so'ng u yo'ldan chiqib, ag'darilib ketgan.

    Voqea joyiga qutqaruvchilar yetib kelgan, jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan, deb xabar beradi report.az.