Pokistonda musson yomg'iri tufayli 279 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Pokistonda iyun oyi oxirida boshlangan musson yomg'iri va shunga bog'liq hodisalar tufayli kamida 279 kishi halok bo'ldi va 676 kishi jarohatlandi, deya seshanba kuni Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy boshqarmasi ma'lum qildi.

    1500 dan ortiq bino vayron bo'lgan, yuzlab odamlarni evakuatsiya qilindi. Chorvachilik va dehqonchilik katta zarar ko'rdi.

    Hisobotga ko'ra, eng ko'p qurbonlar sharqiy Panjob viloyatiga to'g'ri keldi, 151 kishi hayotdan ko'z yumgan, 536 nafari jarohatlangan. Shimoli-g'arbiy Xayber-Paxtunxva viloyatida 64 kishi halok bo'lgani va 80 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Sind, Belujiston va Gilgit-Baltiston viloyatlarida halok bo'lganlar qayd etilgan.

    Mamlakat rasmiylari odamlarning hayotini saqlab qolish va tabiiy ofatdan keladigan zararni kamaytirishga harakat qilmoqda. Meteorologlarning fikricha, yaqin kunlarda kuchli yog'ingarchilik davom etadi.

    Pokistonda musson mavsumi odatda iyundan sentabrgacha davom etib, qishloq xo'jaligi uchun juda muhim bo'lgan kuchli yomg'irni keltirib chiqaradi, lekin ko'pincha suv toshqinlari va boshqa tabiiy ofatlarga olib keladi, deb xabar beradi tass.ru.