Pokistonda ogʻir vaziyatga tushib qolgan vatandoshimiz Oʻzbekistonga qaytarildi

    Pokistonda ogʻir vaziyatga tushib qolgan hamyurtimiz oilasi bagʻriga qaytarildi, deb yozadi «Dunyo« AA.

    Oʻzbekiston fuqarosi Ye.X. mamlakatimiz elchixonasiga murojaat qilib, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolganini, vaqtinchalik turar joy va kundalik ehtiyojlar uchun zarur mablagʻga ega emasligini maʼlum qilib, yordam soʻragan.

    Vatandoshimizning murojaati elchixona tomonidan alohida nazoratga olinib, qisqa fursat ichida zarur konsullik-huquqiy va moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha choralar koʻrildi.

    Yurtdoshimizga Oʻzbekistonga qaytish uchun tegishli konsullik guvohnomasi rasmiylashtirildi va elchixona xodimlari hamda homiylar koʻmagida aviachipta xarid qilindi. Ye.X. kuni kecha “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Islomobod-Toshkent aviareysi bilan Vatanga qaytarildi.

    Vatandoshlarimizni har qanday holatda yolgʻiz qoldirmaslik, ularga konsullik-huquqiy yordami koʻrsatish – Oʻzbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.