Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish boshqarmasining xabar berishicha, Arab dengizi va Bengaliya ko'rfazidan kirib kelgan havo oqimi Xayber-Paxtunxva viloyatida 18 kishining hayotiga zomin bo'ldi. Yomg'ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini Yuqori Chitral shaharchasiga jiddiy zarar yetkazdi, u yerda 150 ta turar-joy binosi qulab tushdi.
Panjob viloyatida besh nafar qurbonlar haqida xabar berildi. Lahorda so'nggi 44 yildagi eng ko'p yog'ingarchilik kuzatildi. Shahar ko'chalari daryoga aylandi, aholi turar-joylarida elektr ta'minoti uzilib qoldi, davlat idoralari, maktablar va do'konlar yopildi, shahar kasalxonalari faoliyatida muammolar yuzaga kelmoqda, deb xabar beradi tass.ru.
Pokiston meteorologiya boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatda kuchli yomg'ir 6 avgustga qadar davom etadi.