Pokistondagi shaxtada portlash oqibatida olti kishi halok bo'ldi

    Tashvishli xabar 5 Mart 2023 1314

    Baxtsiz hodisa Balujiston viloyatidagi ko'mir konida yuz bergan, deb xabar berdi Dawn telekanali mahalliy rasmiylarga tayanib

    Qayd etilishicha, ishchilar 450 metrdan ziyod chuqurlikda ishlayotganda shaxtada metan to'planishi natijasida kuchli portlash sodir bo'lgan. SHaxtadan chiqish to'silib qolgan. Qutqaruvchilar portlash sodir bo'lgan joyga etib olishga muvaffaq bo'lishgan, biroq bu vaqtga kelib olti konchi halok bo'lgan.

    Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida tunnellarda metanning yuqori kontsentratsiyasi tufayli besh nafar qutqaruvchi hushini yo'qotgan. Qutqaruv guruhi a'zolari ularni olib chiqqan.