Yangilangan ma'lumotlarga ko'ra, jarohatlanganlar soni 60 nafarga yetdi, voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda va qurbonlar soni ortishi mumkin, deya xabar bermoqda Pokiston temir yo'l xizmatlari.
Sind viloyatining Navabshoh shahri yaqinida Karachidan Abbottobodga ketayotgan tezyurar poyezd halokatga uchradi. Hammasi bo'lib 10 ta vagon rel`sdan chiqib ketgan, voqea sodir bo'lgan joyda temir yo'l harakati to'sib qo'yilgan.
Pokiston temir yo'llari vaziri Xavaja Saad Rafiq avariyaga texnik nosozlik yoki chalg'ib qolish sabab bo'lgan bo'lishi mumkinligini aytdi, biroq fojia holatlariga hali oydinlik kiritilmagan, deb xabar beradi mir24.tv.









