“Yuventus”ning frantsiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba “Udineze” – “Yuventus” o'yinidan so'ng dopingga test topshirgan va uning qonidan testosteron metabolitlari topilgani haqida avval xabar bergan edik.
Klub doping-testdan o'ta olmagani uchun Pol` Pogbaga maosh to'lashni to'xtatdi. Bu haqda xabar bergan La Gazzetta dello Sport nashrning yozishicha, endi futbolchi diskvalifikatsiya tufayli jamoa bilan mashg'ulot o'tkaza olmaydi. Nizomda agar o'yinchi diskvalifikatsiya qilinsa, klubga ish haqini to'lamaslikka ruxsat berilgan.
La Repubblica nashrining yozishicha esa, mehnat shartnomasida futboldan chetlatilgan o'yinchilar oyiga taxminan 2 ming evro miqdorida minimal maosh olishlari kerakligi ko'rsatilgan.
Agar sud Pogbani aybdor deb topsa, “Yuventus” futbolchi bilan shartnomani bekor qilishi ham mumkin.