“Yuventus”ning frantsiyalik  yarim himoyachisi Pol Pogba A Seriya  doirasidagi “Udineze” – “Yuventus” o'yinidan keyin dopingga test topshirgan va   unning qonidan  kelib chiqishi endogen bo'lmagan testosteron metabolitlari topilgan.  

Kecha Italiya milliy antidoping tribunali futbolchi vaqtincha diskvalifikatsiya qilinganini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, ushbu taqiqlangan moddani faqatgina terapevtik sabab bilan qabul qilishga ruxsat bor. Pogba tez orada qaytadan test topshiradi va bu safar ham tahlilda doping aniqlansa, u 4 yilgacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.