— Transport vositasini qasddan tartibsiz boshqarish, oʻzboshimchalik bilan harakat qatnashchilarini toʻxtashga majbur qilish orqali xavfni yuzaga keltirganlik (“yoʻl bezoriligi”) uchun javobgarlik belgilanadi.
Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyatiga noqonuniy aralashish, toʻsqinlik qilish, qarshilik koʻrsatish holatlari bor. Endi bunday holatlarning oldini olish uchun soha vakillarining shaxsiy himoya va faol mudofaa vositalaridan foydalanishi borasidagi huquqlari kengaytiriladi.
Qoidabuzarlik uchun jarima ballar hisoblash tizimi joriy etiladi. Agar haydovchining 12 oy davomida sodir etgan qoidabuzarliklari uchun hisoblangan jarima ballari umumiy miqdori 12 balldan oshsa, u transportni boshqarishdan mahrum qilinadi. Qoidabuzarlik sodir etmagan haydovchilarga bonus ballari hisoblanadi.
Toshkent shahri va yirik shaharlardagi markaziy koʻchalarda transport vositalari harakatlanishining tezlik cheklovlari qayta koʻrib chiqiladi, — dedi vazir.
Intervyu matni bilan quyidagi havola orqali toʻliq tanishishingiz mumkin: https://yuz.uz/news/xavfsiz-yol--osoyishta-kun-va-yangi-goyalar-muqaddimasi---